Nima uchun liftlar ichiga oyna o’rnatilgan bilasizmi?
Liftlar birinchi marta ishlab chiqarilgan payt ular oynasiz chiqqan va binolar balandlashgani sari undan foydalanuvchilar “Klaustrofobiya” ya’ni, tor joydan siqilish boshlangan va o’z o’zidan lift kompaniyalariga foydalanuvchilar tomonidan judayam ko’p shikoyatlar kelib tushgan.
Endi ular oldiga bu muammoni yechish vazifasi berilgan.
Muammoga o’zi 2 xil yondashish mumkin:
- MANTIQIY
- PSIXOLOGIK
Agar ular bunga mantiqiy yondashadigan bo’lsa, endi liftlarni tezlatishga to’g’ri keladi. Lekin liftlarni tezlatish judayam ko’p ilmiy tadqiqotlar va juda katta resurs ya’ni pul talab qiladi.
Buni o’rniga ular 2-uslubdan foydalanishgan ya’ni psixologik uslubdan.
Endi liftlarni tezlatish o’rniga uni ichiga oyna o’rnatishgan. Foydalanuvchi liftni ichiga kirgan payt o’ziga qarab qanday qilib vaqt o’tganini bilmay qolishgan va shu bilan ular kam harajat bilan juda katta muammoni hal qilishga erishishgan va hozirgacha mana shu liftlar mana shu zamonaviy oynalar bilan jihozlanib kelinadi.
Har doim qandaydir muammoga duch kelgan paytda mana shunaqa mantiqiy emas birinchi bo’lib psixologik yondashishga harakat qilib ko’ring
.by Laylo
Leave a Reply