NST yaratish uchun turli xil formulalar bor, ammo shuni yoddan chiqazish kerak emaski, NST dinamikadir! U abadiy emas, siz doimo buning ustida ishlashingiz va uni yangilab borishingiz kerak.
NST yaratish uchun ishlatiladigan formulalar:
- Mahsulot + Xususiyat
“20 daqiqada mashinangizni yuvib beramiz”
“Sizga issiq va yangi pitsani 30 daqiqada yetkazib beramiz ”
- Mahsulot + Mijoz qo’rquvi
“Mahsulot ma’qul kelmasa, qaytarib olamiz”
- Mahsulot + auditoriya + yechim
“Katta jussali insonlar uchun kiyim-kechaklar”
- Mahsulot + Ustunlik
“24/7 ishlaydigan supermarket”
“Pulingizni maksimal darajada ishlang”
“Bizning mineral suvimiz aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga va diqqatni jamlashga yordam beradi”
- Mahsulot + Kafolat
“Kursdan manfaat olmasangiz, pulingizni qaytaramiz”
“Dunyodagi eng kuchli qahva”
NST yaratish vaqtida noyoblik, aniqlilik, samarali va maqsadli auditoriyaga qarab yaratshingiz kerak bo’ladi, to’g’ri tuzilgan NST korxona va uning xodimlarining rivojini sezilarli darajada o’zgartiradi.
Leave a Reply