Bir odam sahroda suvsizlikdan emaklab ketayotgan ekan. Holdan toyib, ancha yo’l yuqib, bunday qarasa qarshisidan bir kichikroq do’kon chiqib qolibdi.
Xursandchilikdan ichiga kuch kirib, ichkariga o’qdek otilib kiribdi.
- Hoy ukam, suv bormi, suv?
- Keling aka, suv yo’qkuya, lekin bo’yinbog’ – galstuk bor.
- Sahroni o’rtasida bo’yinbog’ga nima bor, suv bo’lsa ber, qancha desang beraman, qiynalib ketdim.
- Bo’lsa jonim bilan aka, siz mana shu o’ng tomonga qarab, 2 km cha yursangiz, o’sha yerda restoran bor, bira to’la ovqatlanib ham olasiz, men faqat bo’yinbog’ berishim mumkin.
Bu odam, qanday otilib kirgan bo’lsa, shu holicha uchib chiqib ketibdi. Oradan bir soatcha o’tgach, bo’yinbog’ sotuvchisi bunday qarasa, haligi kishi restoran tomondan yana emaklab, bir nimalar deb baqirib, kelayotgan ekan.
- Hoy bola, odam-podam emas ekansan! A u restoraningga bo’yinbog’siz kiritishmas ekanku!!!
Buni mug’ombirlik deb nomlaysizmi yoki ishbilarmonlik?
Bu shunchaki bozorni yaxshi o’rganish kerakligini anglatadi.
Maqsadli auditoriya deganda mahsulotga qiziqishi bor, u uchun kun kelib pul to’lashga rozi bo’lishi mumkin odamlar guruhini tushunishimiz mumkin.
Biznesdan kelib chiqib, buni oldindan aniqlab olish juda muhim, aynan shunga ko’ra qachon qayerda reklama berish kerakligini aniq bilib olasiz.
Muallif: @bobobek.uz
Leave a Reply